«Lasetti»ning «bamperi»ga 49 ta telefon yashirildi
Sifati kafolatlanmagan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimiz chegaralaridan noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinayotgan kimsalarga qarshi bojxonachilar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Bekobod» bojxona postidagi navbatdagi ustamonlik bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida fosh qilindi. Ya’ni fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» avtomashinasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida endoskop nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinaning jihozlari orasiga ustamonlik bilan yashirilgan umumiy summasi salkam 60 million so‘mlik 49 dona uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter