Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kim bo‘ldi bu erkatoylar?» videosi «qahramonlari» topildi

«Kim bo‘ldi bu erkatoylar?» videosi «qahramonlari» topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ijtimoiy tarmoqda «Shahar bedarvozami? Kim bo‘ldi bu erkatoylar?» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda davlat raqam belgilari bo‘lmagan, ruxsat etilmagan moslama o‘rnatilgan «Lasetti» rusumli avtomobillar haydovchilari qo‘pol qoidabuzarliklar bilan harakatlanayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi. Holat joriy yil 28 iyul kuni soat 14:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Qora rangli «Lasetti» avtomobili haydovchisi S.X., oq rangli «Lasetti» avtomobili haydovchisi A.G‘. va yana bir qora rangli «Lasetti» avtomobili haydovchisi A.Y. aniqlanib o‘rnatilgan tartibda bayonnoma tuzilgan va avtomobillar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring