Karantin davrida «tonirovka»ning muddati o‘tsa qoidabuzarlik hisoblanmaydimi?

Shohrux G‘iyosov
Bugun AOKA shtabida Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. U brifingda berilgan savollarga javob qaytardi.
– Karantin davrida «tonirovka»ning muddati uzaytiriladimi? Agar muddati o‘tgan bo‘lsa, bu qoidabuzarlik hisoblanmaydimi?
– Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 646-sonli qarori va boshqa amaldagi Normativ-huquqiy hujjatlarda karantin davrida yoki boshqa holatlarda ruxsatnoma muddatini uzaytirish nazarda tutilmagan.
Bu holat qoidabuzarlik hisoblanadi, – deb javob berdi IIV vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas