Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin cheklovlarini buzganlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Karantin cheklovlarini buzganlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab bir qator cheklovlar kiritilgani xabar qilingandi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘z hohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Joriy yil 5-iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi YaNGIChA TARTIB joriy etilmoqda.

Shuningdek, to‘y va boshqa marosimlarini o‘tkazish, avtotransport vositalarida harakatlanishdagi cheklovlar eslatildi.

Bunda, ushbu belgilangan sanitariya va karantin cheklovlariga rioya etmaslik, shu jumladan, avtobus salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablarini buzish,

  • avtotransport vositalaridan ruxsat berilgan vaqtdan tashqarida foydalanish, jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’yektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlamaslik,
  • uch kishidan ortiq yig‘ilish, tibbiy niqobdan foydalanmaslik,
  • oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzish — tegishli mas’ullar hamda fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda MA’MURIY JAVOBGARLIKKA tortiladi.

Karantin cheklovlari sharoitida RUXSAT BERILMAGAN TADBIRKORLIK FAOLIYaTI (xostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari) bilan shug‘ullanmaslik Milliy gvardiya, Ichki ishlar, soliq organlari va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam ravishda profilaktika tadbirlarini o‘tkazgan holda nazoratga olish va mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish belgilandi.

Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib-chiqish POSTLARIDA sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish, shu jumladan, avtotransport vositalarini dezinfeksiyadan o‘tkazish talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring