Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JETOUR T2 yo‘ltanlamas avtomobilining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

JETOUR T2 yo‘ltanlamas avtomobilining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

17 oktyabr kuni JETOUR brendi ekstremal sayohat muxlislari qalbida alohida o‘rin egallaydigan yangi krossoverni taqdim etdi.

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekiston asrlar davomida o‘zining savdo faoliyati bilan qo‘shni mintaqalarga ham ta’sir ko‘rsatib kelgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bozorida kuchli o‘sish kuzatilmoqda, tabiiy sharoit va o‘zgaruvchan iqlim avtomobillarga bo‘lgan talabni shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Shunga monand JETOUR brendi ekstremal sayohatlar uchun krossover segmentida inqilob qilishga tayyorlandi – 17 oktyabr kuni Bo‘stonliq tumanining bahavo tog‘lari bag‘rida yangi JETOUR T2 krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

JETOUR T2 yo‘ltanlamasi o‘zida zamonaviy dizayn va kuchli texnik xususiyatlarni mujassam etgan. Uning dizayni to‘siqsiz sayohat ruhini ifodalovchi «Ozodlik yo‘li» konsepsiyasidan foydalanadi. T2 bilan avtoulovchilar hashamatli qulaylik va yo‘ldan tashqari haydash zavqini kashf etadilar: yuqori sifatli interer materiallaridan tortib keng salongacha, har bir detal mukammallikka intilishdan dalolat beradi.

JETOUR T2ning O‘zbekiston bozoriga chiqarilishi Markaziy Osiyodagi kompaniya mavqeini mustahkamlash strategiyasidagi asosiy qadamdir. T2 O‘zbekiston haydovchilariga yangi haydash tajribasini olib keladi va ekstremal sayohatlar uchun aqlli krossoverlarning yangi davri boshlanishini belgilaydi.

JETOUR T2 ning maksimal versiyasi 2,0 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u zamonaviy va aqlli barcha g‘ildiraklari har qanday yo‘lda ishonchli va kuchli harakatlanishni ta’minlaydi. T2 BorgWarner XWD aqlli boshqaruvi va differensial qulf bilan bilan jihozlangan. 6+X rejimdagi aqlli boshqaruv tizimi yo‘l sharoitlarini avtomatik ravishda aniqlab, O‘zbekiston yo‘nalishlariga oson moslashish va yo‘ldan tashqari sarguzashtlardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Cheksiz imkoniyatlar

Yangi JETOUR T2 yo‘ltanlamasining eng afzal tomonlaridan biri – nafaqat haydovchi, balki safarga chiqqan barcha yo‘lovchilar uchun kengroq joy va qulaylik ta’minlanadi. JETOUR T2 ravon yo‘ldan tog‘-toshlarga chiqqan taqdirda ham ko‘plab imkoniyatlarni saqlab qoladi. U yo‘ldan tashqari sharoitlarda avtoulovchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondiradi: minimal klirens, ya’ni avtomobil korpusining eng pastki qismi va yer o‘rtasidagi masofa 220 mmni tashkil etadi. Old va orqa burchaklari esa mos ravishda 28 gradusni tashkil etadi. Shuningdek, JETOUR T2 700 mmgacha chuqurliklardan o‘tib keta olish qudratiga ega. Bu esa yo‘ltanlamas bilan ancha-muncha murakkab safarlarga ikkilanmasdan chiqish mumkin deganidir.

Keng ichki makon

JETOUR T2ning g‘ildirak bazasi 2800 mmdan iborat, bu esa avtomobil ancha keng va qulay ekanini anglatadi. Bunda barcha yo‘lovchilar uchun qulayliklar jamlangan. Ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar ham bemalol joylashib o‘tirishlari mumkin, ular uchun tekis pol va oyoq uzatish uchun yetarlicha kenglik mavjud.

Yuklar ko‘p bo‘lganda

JETOUR T2 salon o‘zgartirish xususiyatiga ega. Buklanadigan ikkinchi qator o‘rindiqlari bagaj xonasining hajmini oshirib, tekis zamin yaratadi. Orqa qator o‘rindiqlari buklangan holda yukxona hajmi 1494 litrga etadi.

Zamonaviy elektronika

7nm texnologiyasi asosida yaratilgan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8155. avtomobil chipi unumdorlik va quvvat sarfini muvozanatlash uchun optimallashtirilgan. U soniyada 8 trillion operatsiyani bajarishga qodir. Yangi UI/UE interfeysi silliq boshqaruvni ta’minlab beradi. Yo‘lda yurish asnosida yuzaga keladigan turli holatlar uchun esa aqlli ovozli boshqaruv mavjud.

Barcha g‘ildiraklar harakatlantiradi

XWD – bu aqlli to‘liq g‘ildirakli avtomatik harakatlanish tizimidir. Tizim BorgWarner’ning oltinchi avlodi bo‘lib, vaziyatlarni aqlli boshqarish va differensial qulflashga asoslangan. Tizim avtomatik ravishda to‘liq g‘ildirakli haydash rejimini faollashtiradi, maksimal tortishish uchun quvvatni optimal taqsimlaydi. Agar kerak bo‘lsa, orqa g‘ildiraklar avtomatik ravishda qo‘shimcha aylanish kuchini oladi, bu esa haydovchiga transport vositasini to‘xtatmasdan qiyin joylarni osongina o‘tish imkonini beradi.

Bir so‘z bilan shuni aytish lozimki, taqdimot juda qiziqarli va boy o‘tdi. Ishtirokchilar uchun tashkil etilgan konsert tadbiri va lotoreya asosida taqdim etilgan esdalik sovg‘alari esa qo‘shimcha hissiyotlar taqdim etdi.

Kompaniya haqida

JETOUR kompaniyasi 1997 yilda tashkil qilingan holding kompaniya negizida 2018 yilda tashkil topgan. Asosiy faoliyati sayohatga mo‘ljallangan oilaviy krossoverlar ishlab chiqarishdan iborat. Brendning xitoycha nomi «Jiyetu» deb talaffuz qilinadi va o‘zbek tiliga eng yaxshi tarjimasi bu «G‘alaba yo‘li» ma’nosini anglatadi.

JETOURning butun mahsulot assortimenti 5, 6 yoki 7 o‘rinli konfiguratsiya variantlari bilan o‘rta segment uchun mo‘ljallangan, shu bilan birga ichki yonuv dvigatelli, to‘liq elektr, plagin-gibrid va kelajakda vodorodli avtomobillar ham ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. 2018 yilning yanvar oyida Pekindagi avtoko‘rgazmada JETOUR X70S oilaviy SUV ni va JETOUR X nomli konsep avtomobillarini taqdim etdi. O‘sha yilning o‘zidayoq X70 oylik sotuvlarini 10.000 donadan oshirishga erishgan. 2019 yilda muvaffaqiyatli sotuvlar esa 134.000 donadan oshadi va shu tariqa JETOUR katta bozorlarga yuqari tezlikda kirishga erishgan.

JETOUR’ning umumiy savdo hajmi 300 000 donadan oshdi va 28 oy ichida 300 000 sotuv hajmiga erishgan birinchi Xitoy brendiga aylandi. 2022 yilning iyuligacha JETOUR dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlariga kirdi va 700 millionga yaqin xaridorga ega bo‘ldi. JETOUR rasmiy dillerlik tarmog‘ining umumiy soni 300 dan oshdi va 2025 yil oxiriga kelib 1500 taga etishi kutilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring