Jeep birinchi elektromobilini chiqardi
Dizelli va benzinli dvigatellardan elektrga o‘tayotgan ishlab chiqaruvchilar qatoriga Jeep kompaniyasi ham qo‘shildi. Bu haqda Move Electric xabar berdi.
Kompaniya Jeep Avenger kompakt yo‘ltanlamasini taqdim etdi. Mashina birinchi navbatda Yevropa bozoriga mo‘ljallangan, reliz 2023-yil boshlarida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Jeep vakillariga ko‘ra, Avenger 400 voltli elektr platformada qurilgan, mashinani 156 ot kuchiga ega yagona dvigatel harakatga keltiradi.
Avtomobil bir necha rejimda ishlaydi: «Odatiy» (kunlik harakatlanish uchun), «Sport», «Qor», «Loy», «Qum», «Eko» (oxirgisi quvvatni tejash uchun).
Mashina bitta quvvat olishda 400 km yo‘l bosadi — boshqa ishlab chiqaruvchilarga solishtirganda uncha yaxshi ko‘rsatkich emas. Biroq akkumulyatori tez quvvat oladi: 20 foizdan 80 foizgacha to‘lishi uchun 24 daqiqa yetadi. Har uch daqiqalik quvvati qo‘shimcha 30 km yurishni kafolatlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter