Jamoat transportida karantin qoidalari qo‘pol ravishda buzilmoqda
![Jamoat transportida karantin qoidalari qo‘pol ravishda buzilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2666019498.jpg)
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan joriy yilning 8-iyunidan boshlab jamoat transporti – avtobuslar harakatiga ruxsat berildi.
Koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablarining yumshatilishi belgilangan me’yorlar bekor qilindi degani emas. Afsuski, avtobuslar harakatining dastlabki kunlarida ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.
«Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, biror sabab bilan ko‘chaga chiqqaningizda sanitariya va gigiyena qoidalariga jiddiy amal qiling. Avtobusda, albatta, tibbiy niqobda bo‘ling. Salonda ijtimoiy masofani saqlang», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter