«Inomarka»larga bojxona boji pasaytirildi, faqat...
Prezident «Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga avtomobillar import qilishda bojxona to‘lovlari 2 bosqichda kamaytiriladi.
Dastlab, bugundan e’tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab esa avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham ikki barobarga kamaytiriladi.
Bojxona bojlarining pasaytirilishi faqat yangi (ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan) avtotransport vositalariga taalluqli.
Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshgan avtomobillar importi uchun 40 foizlik bojxona boji va qo‘shimcha koeffitsiyentlar hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter