«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kredit muddatini uzaytirdi
«Infinbank» «UzAuto Motors» avtomobillariga kreditlar taqdim etish muddatini 2019-yilning 15-noyabriga qadar uzaytirayotgani haqida ma’lum qildi.
Avtokreditlar 36 oy muddatga yillik 23,99% ustama bilan Cobalt (4 poz. A/T), Lacetti, Tracker hamda Malibu avtomobillariga taqdim etiladi. Dastlabki to‘lanadigan badal avtomobilning 25 foizini tashkil qiladi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- kredit oluvchining pasporti,
- kredit olish to‘g‘risida ariza,
- daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma(oxirgi 6 oylik tushumlar),
- avtomobil yetkazib berish shartnomasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter