Harbiylarga imtiyozli avtokredit beriladi
«O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga har bir harbiy qismdan 10 nafargacha kishiga mamlakatda ishlab chiqarilgan budjet avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Kredit shartlari:
- muddati — 3 oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;
- dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;
- foiz stavkasi — kredit berilgan sanada yillik 7 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter