«GM Uzbekistan» dekabr oyida rekord qayd etdi
Kecha, 29-dekabr kuni «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Asakadagi zavodi 2018-yildagi 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi. Bu avtomobil – «Chevrolet Nexia». Shu bilan rahbariyat tomonidan yil oxirigacha ishlab chiqarish quvvatini 220 minggacha yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadiga erishildi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Aytilishicha, kompaniya tarixida ilk bor 2018-yilning dekabr oyida rekord qayd etilgan – 34117 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu kuniga mingdan ortiq avtomobil degani.
Kompaniya tomonidan o‘tib borayotgan yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxi o‘rtacha 10-16 foizga pasaytirildi, import xarajatlari esa 73 million AQSh dollargacha qisqardi.
Yangi yilda Asaka avtomobil zavodi jamoasi 15 kunga ta’tilga ketishi ma’lum
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter