Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz «zapravka»larga endi kunlik limit o‘rnatilmoqda

Gaz «zapravka»larga endi kunlik limit o‘rnatilmoqda

Foto: Xabar.uz

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov Samarqand viloyatidagi metan zapravkalarga gaz limiti joriy etilayotgani haqida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, zapravkalarga o‘rnatilgan limit — kunlik.

Iqtimodchi Otabek Bakirov holat yuzasidan Energetika vazirligiga savollar bilan murojaat qildi.

«Birinchidan, gazzapravkalarga kunlik va oylik limitlar qaysi qoida va metodologiya asosida belgilanadi? Limitlash uchun qanaqadir normativ hujjat mavjudmi? Metodologiya ochiqmi? Tanishsa bo‘ladimi? Agar ochiq metodologiya bo‘lmasa, gazni kim, qaysi qo‘l taqsimlaydi? Qaysi chinovnik? Vazirmi? Zamministrmi? Hududgazmi?

Ikkinchidan, limitlar agar vazirlik aytayotganidek, talab doirasida va cheklovlarsiz o‘rnatilayotgan bo‘lsa, aytaylik, soat 12da limiti tugab qolgan gazzapravka qo‘shimcha limit so‘rasa bo‘ladimi? Qo‘shimcha gaz beriladimi? Qanchada beriladi? Masalan, Shokirjonov keltirgan ro‘yxatda soatiga ming kubdan ko‘p gaz sotayotgan gazzapravka uchun limit 7 soat o‘tmay tugaydi, qolgan 17 soat zapravka va haydovchilar nima qilishi kerak?», deya savollar qo‘yadi iqtisodchi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu oyning o‘rtalarida Toshkent shahrida gazzapravkalarda paydo bo‘lgan uzun navbatlardan keyin Energetika vazirligi metan zapravkalarga belgilangan limitga ko‘ra gaz yetkazib berilayotganini ma’lum qilgandi.

«Vazirlik zapravkalarga oylik limit borligini fe’lan tan olgandi. Endi buyoqda kunlik limit degan cheklov ham chiqmoqda», deb yozadi Otabek Bakirov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring