Fotoradarga tushgan minglab avtomobil jarima maydoniga qo‘yiladi
Toshkent viloyatining M-39 «Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hududiga fotoradarlar o‘rnatilgani va unga eng ko‘p tushgan haydovchilar ro‘yxati e’lon qilingandi.
O‘zA nashrining Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, bugungi kunga qadar 35 mingdan ziyod belgilangan tezlikni oshirgan transport vositalari qayd etilgan.
Qoidabuzar 8 ming 480 nafar haydovchi qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o‘z vaqtida to‘lashgan.
Viloyat YHXB tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirda 60 kun ichida jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilar avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilishi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter