Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentda bir nechta ko‘cha yopiladi (foto)

Ertaga Toshkentda bir nechta ko‘cha yopiladi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 13 noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta hududida (Yangi O‘zbekiston bog‘i, «Humo» arena, Ashxobod bog‘i) «Yangi nafas» yugurish sport tadbirlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrining quyidagi ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

2022 yil 12 noyabr kuni soat 18:00 dan Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

2022 yil 13 noyabr kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha:

Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

Sharof Rashidov shohko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

Islom Karimov shohko‘chasi – Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

Soat 6:00 dan 12:00 gacha:

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi (Toshkent shahriga kirish qismi), shuningdek, soat 8:30 dan 11:00 gacha  Toshkent viloyati tomoniga birinchi qayrilish joyidan Yangi O‘zbekiston bog‘ining oldigacha.

«Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘rab qolamiz va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring