Eng ishonchli avtomobillar aniqlandi
«J.D. Power» kompaniyasi (AQSh) turli rusumli avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
So‘rovda 2018-yilda chiqarilgan 33 251 ta mashina egalari qatnashdi. Oxirgi 12 oyda mashinalarda nima muammo yuz berdi: 8 asosiy toifaga ajratilgan savollar jami 117 ta muayyan nuqsonni aniqlashga qaratildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ishonchli avto brendi sifatida «Lexus» e’tirof etildi.
Ikkinchi o‘rinda «Porsche», uchinchi o‘rinda «Kia» mashinalari. Tadqiqotchilar ommaviy bozorga mo‘ljallangan brendlar orasida eng yuqori o‘rinni koreys kompaniyasi («Kia») egallaganini alohida qayd etishdi.
Yetakchi beshlikka, shuningdek, «Toyota», «Buick» va «Cadillac» kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter