E’longa ishonib jarima to‘lab yurmang!
Shaxsiy avtomobilda 1-aprelgacha ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi DXMlarda 1-aprel soat 6:00ga qadar shaxsiy avtomobilda ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilgani haqida joylashtirilgan e’lonlarning fotosi tarqalgandi.
Bunga:
«Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari markazlarida maxsus ruxsatnoma berish 1-+aprelga qadar talab etilmasligi haqidagi e’lon joylashtirilganligiyuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur e’lon rasmiy asosga ega emas. Hozirda ushbu e’lon Markazlardan olib tashlangan.
Sohaga oid o‘zgarish mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqida ma’lumot rasmiy sahifalarimizga joylashtiriladi», deya munosabat bildirdi Davlat xizmatlari agentligi.
Davlat xizmatlari agentligi bu e’lonlar nima sababdan va kim tomonidan DXMlarda ilib qo‘yilganiga hozircha izoh bergani yo‘q.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati shaxsiy avtomobillarda harakatlanish bo‘yicha avval e’lon qilingan tartibga doir hech qanday o‘zgarish bo‘lmagani, maxsus stiker (ruxsatnoma)siz harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilari 30-mart soat 6:00 dan boshlab ma’muriy javobgarlikka tortilayotganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter