Elektromobillarni quvvatlash bir yil davomida bepul bo‘ladi — Gretsiya
Gretsiya poytaxti — Afina shahri ma’muriyati elektromobillar haydovchilariga bir yil davomida quvvatlash stansiyalaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi, yozmoqda «Ferra.ru».
Maqsad — ekologik toza transportni aholi o‘rtasida ommalashtirib, havo musaffoligini ta’minlash.
Afinada elektromobillarni quvvatlash stansiyalari hozircha 25 ta va ularning sonini yanada oshirish ko‘zlanmoqda. Buning uchun avvalo elektromobillarning o‘zini ko‘paytirish kerak. Ishning ko‘zini biluvchi poytaxt rahbariyati eng yaxshi rag‘bat haydovchilar mashinalarini quvvatlashga sarflaydigan xarajatlarini vaqtincha qisqartirish, degan to‘xtamga kelishdi.
Bu hammasi emas. Havo musaffoligiga erishish uchun astoydil kirishgan mutasaddilar, bepul quvvatlash imtiyozini joriy etishdan tashqari, poytaxt markaziy ko‘chalarida avtomobillar qatnovini kamaytirib, velosipedlar va piyodalar uchun yangi yo‘laklar qurishdi, xiyobonlar maydonlari kengaytirilmoqda.
Asosiysi — xohish, imkoniyat topiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter