Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobil bir quvvat olishda 1 210 kilometr yo‘l bosdi

Elektromobil bir quvvat olishda 1 210 kilometr yo‘l bosdi

Foto: «Mydrivers»

«Tesla Model S» bir quvvat olishda 1 210 kilometrni bosib o‘tgan ilk elektromobilga aylandi. Bu haqda «Mydrivers» xabar berdi. Bunga erishish uchun mashinaga yangi akkumulyator batareyasini qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

Amerikaning akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi «Our Next Energy» (ONE) kompaniyasi yanada sig‘imliroq akkumulyator o‘rnatib, «Tesla Model S»ni o‘zgartirdi va natijada yuqoridagi yangi rekord qayd etildi.

Yangilangan «Tesla Model S»ning akkumulyator batareyasi sig‘imi — 203,7 kVt/s. Sinov payti o‘rtacha 88 km/s. tezlikda yurildi, yakunda mashina bir quvvat olishda 1 210 kilometr yo‘l bosdi.

Bunaqa mashinada Toshkentdan Nukusgacha (1 113 km.) bemalol yetib olish mumkin.

Jami 14 soat sarflangan sinov 2021 yilning dekabr oyida Michiganda bo‘lib o‘tdi. Albatta, 88 km/s. yuqori tezlikli katta yo‘llar uchun xos emas, biroq bu shaharlar ichida harakatlanishdagidan birmuncha yuqori tezlik.

«Our Next Energy» kompaniyasi yangi akkumulyatorni «Egizaklar» deya nomladi. Kompaniya asoschisi va bosh direktori Mujib Ijoz: «Hozirda aksariyat haydovchilarni tashvishlantirayotgan uzoq yo‘l bosish muammosiga yechim topib, elektromobillarni yanada ommalashtirmoqchimiz».

Yangilangan batareyalar xavfsizlik va qiymat borasidagi keng ko‘lamdagi ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelmasligi ham mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring