Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin avtomobillar noqonuniy importiga qarshi qanday kurashyapti? (video)

Filippin avtomobillar noqonuniy importiga qarshi qanday kurashyapti? (video)

Skrinshot

Filippinda bo‘layotgan voqealarni har xil talqin qilish mumkin. Prezident Rodrigo Duterte giyohvandlik, korrupsiya va boshqa jinoyatlarga qarshi keskin kurash usullari bilan xalqaro hamjamiyatga yaxshi tanish.

Ayniqsa 2016-yildan, prezident bo‘lib saylanganidan so‘ng, u jinoyatchilikka, jumladan avtomobillar noqonuniy importiga qarshi rosmana urush ochdi.

Filippin hukumati 2016-yilga qadar mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan mashinalarni musodara qilib sotar va budjetga pul tushirardi. Dutertening nazarida esa esa harom yo‘llar bilan topilgan pullar o‘z-o‘zidan halol bo‘lib qolmaydi: avtomobillar yo‘q qilinishi kerak, tamom vassalom.

Quyidagi videoga e’tibor bering: Duterte yordamchilari bilan yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan avtomobillarni ko‘rib chiqyapti — «Lamborghini», «Ford Mustang», «Porsche» va mototsikllar, pulga chaqilsa 5,89 million dollar bo‘ladi. Keyin hamma kaskalarni kiyib, himoya ko‘zoynaklarini taqishdi va buldozerni mashinalar ustiga haydashga buyruq berildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring