Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar aniqlandi: Osiyo yetakchi

Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar aniqlandi: Osiyo yetakchi

Foto: «Drive2.ru»

Yaponiyada ishlab chiqariluvchi Mazda dunyo bo‘yicha eng ishonchli avtomobil deb tan olindi. Amerikaning «Consumer Reports» jurnali mutaxassislari ishonchli mashinalar reytingini tuzib chiqishdi.

Ushbu ro‘yxatning favoriti maksimal 100 balldan 83 ball to‘pladi. Eng sifatli modellar ro‘yxatiga esa MX-5 Miata, CX-30 va CX-3 kiritilgan.

Yaponiyaning yana bir brendi — Toyota 74 ball bilan reytingda ikkinchi pog‘onani egalladi. Tahlilchilar Prius, Corolla va Prius Prime modellariga alohida e’tibor berishgan. Uchinchi o‘rin Lexus (71 ball)ga nasib qildi. Ushbu markaga oid eng yaxshi modellar deb UX, NX va GX topildi.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Buick, Honda, Hyundai, Ram, Subaru, Porsche, Dodge kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilari joy olishgan.

Reytingni tuzishda 330 ming haydovchining fikri hisobga olindi: ular oxirgi yillarda mashinalarida aniqlangan muammolarni tadqiqotchilarga ma’lum qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring