Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlarni tonirovkaga «tishi o‘tmaydi», bu joyga kelganda… Tezlik uchun jarimani pasaytirish tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

Deputatlarni tonirovkaga «tishi o‘tmaydi», bu joyga kelganda… Tezlik uchun jarimani pasaytirish tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

Foto: Xabar.uz

Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.

Deputat Qodir Jo‘rayevning xabar berishicha, loyihada quyidagilar taklif qilinmoqda:

  • haydovchilik guvohnomasi, «tex pasport», sug‘urta polisi kabi hujjatlarni yonida olib yurish talabini bekor qilish;
  • transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga bluetooth, quloqchin kabi qo‘lni band qilmaydigan aksessuarlardan foydalangan holda telefonda gaplashishga ruxsat berish;
  • transport vositasi salonining old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlikni bekor qilish;
  • tezlikni oshirib yuborganlik uchun radarlar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlagan holda javobgarlikka tortish (hozirda faqat eng minimal tezlikdan ayiriladi, keyingi pog‘ona yuqori tezlikda ayirilmaydi).

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasiga deputatlar tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni ham taklif qilishmoqda. Unga ko‘ra, deputatlar belgilangan tezlikni 20-40 km/soatga oshirganlarga jarimani amaldagi BHMning 5 baravaridan 3 baravariga tushirishmoqchi.

Deputatlarning tezlik uchun jarimani pasaytirish tashabbusi tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

«Yuqoridagi hamma o‘zgarish to‘g‘ri, lekin tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishga mutlaqo qo‘shilmayman. 70 belgilangan joyda 110 tezlikda kelsa, atigi 810 ming so‘m jarima qo‘llanishi noto‘g‘ri. Bu axir katta tezlik, qanchadan qancha odamning umriga zomin bo‘lishi mumkin.

Ruxsatsiz tonirovka hech kimga ziyon qilmasa ham salkam 7 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha jarima belgilangan bir paytda yuzlab odamlar o‘limiga sabab bo‘ladigan yuqori tezlik uchun jarimani kamaytirish mantiqsizlik (ahmoqlik deyishga istihola qildim). Xo‘p, tushundik, deputatlarni tonirovka masalasiga "tishi o‘tmaydi", bu joyga kelganda ular ko‘r va karga aylanib qoladi, lekin tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishga balo bormi, hayronman? Bo‘ladigan ishni qilsanglarchi...», deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

«Qarorni faqat mashinada yuradigan odamlar qabul qilsa, shunaqa bo‘ladi: faqat o‘ziga qulay bo‘lishini istayveradi. Deputatlar tezlik uchun jarima miqdorini tushirmoqchi ekan. Deputatlarimiz ham o‘zimizga xos», deya munosabat bildirgan Davletovuz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring