Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat chegarasini kesib o‘tishda undiriladigan ayrim yig‘imlarni to‘lash muddati uzaytirilmoqda

Davlat chegarasini kesib o‘tishda undiriladigan ayrim yig‘imlarni to‘lash muddati uzaytirilmoqda

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 03.10.2023 yildagi 522-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikaga kirib kelayotgan va tranzit harakatlanayotgan avtotransport vositalarini davlat nazoratidan o‘tkazishda, chegara o‘tkazish punktlarida undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyati yaratiladi, chet davlatlar avtotransport vositalarining respublika hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit uchun yig‘im hamda bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yig‘imi bundan mustasno.

Yig‘imlar milliy valyutada to‘lanadi.

Yig‘imlarni to‘lash uchun hisobvaraqlar «E-tranzit» tizimida shakllanadi va ularni QR-kod orqali to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Yig‘imlar quyidagi muddatlar ichida to‘lanishi lozim:

  • bojxona nazoratidagi tovarlar yuklangan avtotransport vositalari uchun - yetkazib berish muddati doirasida;
  • qolgan barcha holatlarda chegarani kesib o‘tgandan so‘ng 10 kalendar kun davomida;

Yig‘imlarni to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 miqdorda bo‘lgan penya to‘lanadi. Shu bilan birga:

  • to‘lanmagan yig‘imlari hamda penyalari mavjud avtotransport vositalarining respublika hududidan olib chiqilishi va harakatlanishi taqiqlanadi;
  • yig‘imlarni to‘lash muddatini bir kalendar yil davomida bir marotaba buzgan shaxslarga yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyati taqdim etilmaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 04.10.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring