Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brejnevning haydovchilik guvohnomasi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Brejnevning haydovchilik guvohnomasi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Foto: «Litfond»

Moskvada 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan kimoshdi savdosiga g‘ayrioddiy lot — KPSS MQ birinchi sekretari Leonid Ilich Brejnevga 1976-yilning 10-dekabrida berilgan haydovchilik guvohnomasi qo‘yilmoqda. Bu haqda «Litfond» auksionlar uyi matbuot xizmati xabar berdi. Lotning boshlang‘ich bahosi 1,35 – 1,5 million rubl etib belgilangan.

«AAK № 000077 haydovchilik guvohnomasi. Ajoyib holatda. Uning egasiga barcha turdagi transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilgan», — deyiladi tashkilotchilarning xabarida.

Foto: «Litfond»

Kimoshdiga, shuningdek, sobiq ittifoqni 18 yil boshqargan Brejnevning ogohlantirishlar taloni ham qo‘yilmoqda — bittayam teshilmagan... Har ikki hujjat ham laminatsiyalangan.

Auksionlar uyining aniqlik kiritishicha, haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirishlar taloni Brejnevning 70 yilligi kuni — 1976-yilning 10-dekabrida berilgan.

Hujjatlarni auksionga qo‘ygan kishining ma’lumotiga ko‘ra, bu IIV ministri Nikolay Shelokovning Brejnevga «hazil sovg‘asi» edi. Hujjatlar Brejnevning dachasida saqlab kelingan, 1991-yili Gavriil Popovich Moskva meri bo‘lganidan so‘ng dachadan foydalanish unga o‘tgan va u yerda saqlanayotgan barcha narsalar va hujjatlar bozor mulkiga aylangan, deyiladi «Litfond» auksionlar uyi matbuot xizmati bergan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring