Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin va dizel eksporti  cheklandi

Benzin va dizel eksporti  cheklandi

Foto: «Xabar.uz»

15-iyuldan boshlab O‘zbekiston mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilgan avtobenzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishni vaqtincha chekladi. Bu Vazirlar Mahkamasi yg‘ilishining 16 iyulda tasdiqlangan protokolida nazarda tutilgan, deyiladi «Gazeta.uz» xabarida.

Qayd etilishicha, oxirgi oyda 15−16,5 ming tonna atrofida benzin eksport qilingan, «bu mamlakatning yoqilg‘iga bo‘lgan 5−6 kunlik ehtiyoji degani».

Eksport cheklovidan so‘ng, birja savdosiga qo‘yiladigan benzin hajmi oshirildi, bu «narxlarning pasayishiga olib kelishi kerak», deya ta’kidlagan manba.

Shu bilan birga, hukumat yoqilg‘ini import qilishga cheklov o‘rnatmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring