Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtotransportda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanadigan vaqt belgilandi

Avtotransportda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanadigan vaqt belgilandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilindi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) to‘xtatilishi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno), shuningdek, jamoat transporti harakati ham to‘xtatilishi ma’lum qilingandi.

Respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash bo‘yicha quyidagi tartiblar ham joriy etilmoqda (10-iyuldan):

  • avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yo‘l patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va to‘siq postlar faoliyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlarini hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring