Avtopilotning xatosi uchun haydovchi javob beradi
AQShda «Tesla» haydovchisi avtopilot sodir etgan yo‘l-transport hodisasi uchun sudga tortildi.
Tafsilot: Voqea Los-Anjeles (AQSh) yaqinida sodir bo‘lgan. «Tesla Model S» svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, yo‘lda ketayotgan «Honda Civic» avtomashinasiga borib urilgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Haydovchiga ikkita ayblov qo‘yilmoqda. Sud ishida nafaqat Kaliforniya shtati prokuraturasi, shuningdek, AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy ma’muriyati (NHTSA) ham qatnashyapti. Sudga taqdim etilgan materiallarda «Tesla» avtopiloti yoniqligi fakti aks ettirilmagan, NHTSA ekspertlari esa avtopilot yoniqligini tasdiqlashgan.
Xabarda aytilishicha, avtopilot yoniq holatida ilgari ham inson o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuz bergan.
«NHTSA eslatib o‘tadi, bugungi kunda sotuvdagi transport vositalaridan birontasi to‘liq «o‘zini boshqarish» huquqiga ega emas. Avtopilot yoniqligidan qat’i nazar, haydovchi holatni doimiy nazoratda saqlashi va ko‘zini yo‘ldan uzmasligi shart. Shtat qonunlariga muvofiq, haydovchi avtomatlashgan tizimlar yordamida boshqarishning oqibatlari uchun javobgardir», — deyiladi NHTSA bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter