Avtomobillar narxi o‘zgarmaydi — UzAutoMotors
Asaka zavodidagi har yilgi rejalashtirilgan modernizatsiya ishlari avtomobil narxiga ta’sir qilmaydi, deb xabar bermoqda UzAutoMotors.
Asaka shahridagi UzAutoMotors zavodida amalga oshirilayotgan rejali modernizatsiya ishlari bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, bunday modernizatsiya va profilaktika ishlari zavodda muntazam ravishda amalga oshiriladi hamda bu korxona faoliyatining narx bilan emas, balki texnik masalalari bilan bog‘liq.
Shuningdek, mazkur ishlar rejalashtirilgan va iste’molchilarga avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmaydi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq narxlar oshirilmasligini bildirgan kompaniya «yangilangan» komplektatsiyalarni sezilarli darajada qimmatlashtirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter