Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish litsenziyasi elektron rasmiylashtiriladi
Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra 2019-yil 1-apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.
Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Bunda litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.
Yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha:
- shaharda avtobuslarda;
- shaharda mikroavtobuslarda;
- shaharda yengil avtomobillarda;
- shahar atrofida avtobuslarda;
- shahar atrofida mikroavtobuslarda;
- shahar atrofida yengil avtomobillarda;
- shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda;
- shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda;
- shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda;
- xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda;
- xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda;
- xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda.
Yuklarni tashishda:
- avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida;
- avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha;
- avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi — O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchi va yuklarni tashishga oid litsenziya berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter