Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil uchun «notarius to‘lovlari» kamaytirilmoqda

Avtomobil uchun «notarius to‘lovlari» kamaytirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra notarial harakatlar uchun to‘lanadigan bojlar sezilarli darajada kamaytirilmoqda. Jumladan:

Vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishda davlat bojidan ozod qilish maqsadida notarial harakatlar amalga oshirilganda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilmoqda.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar identifikatsiya ID-kartalarini berganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda.

Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tomonidan birinchi marotaba identifikatsiya ID-kartalari olganda qo‘llaniladi.

Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

  • agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa BHMning 1,5 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigacha);
  • agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa BHMning 1 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 50 foizidan BHMning 1,5 baravarigacha);

Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun:

  • mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 10 foizi (amalda BHMning 25 foizi);
  • jismoniy shaxslar uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);
  • yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa BHMning 50 foizi (amalda BHMning 1 baravari);
  • mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan «p» kichik bandida belgilangan hollar mustasno BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);

 Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

  • jismoniy shaxslar o‘rtasida BHMning 1 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 baravaridan BHMning 2 baravarigacha);
  • yuridik shaxslar o‘rtasida yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa BHMning 2 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab yuridik shaxslar uchun BHMning 2 baravaridan BHMning 4 baravarigacha) etib belgilanmoqda.;

Qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizi miqdorida undiriladi (amalda shartnoma summasiga qarab, qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizidan BHMning 1 baravarigacha).

Qarz shartnomasi summasi chet el valyutasida ifodalansa, davlat bojining miqdori chet el valyutasidagi qarz summasining notarial harakat amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutadagi ekvivalentidan kelib chiqib hisoblanadi va undiriladi.

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

  • avtotransport vositasi uchun BHMning 3 baravari (amalda transport vositasi dvigatelining quvvati ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan BHMning 10 baravarigacha);
  • bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 10 foizidan BHMning 50 foizigacha);
  • avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj boshqa shaxslarga BHMning 2 baravari (amalda BHMning 3 baravari) belgilanmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring