Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtokredit olganlar uchun imtiyoz berildi

Avtokredit olganlar uchun imtiyoz berildi

Foto: «aloqabank.uz»

AT «Aloqabank» joriy yilning boshida jismoniy shaxslarga Avtokredit xizmatini taqdim etgani haqida xabar bergan edik.

Kreditning asosiy shartlaridan biri depozit garovi bo‘lib, kredit summasidan 30 foizni tashkil etardi. Keyinchalik bu 25 foizga tushirilgan.

Bank matbuot xizmatining xabar berishicha, endilikda Avtokredit olgan jismoniy shaxslar kredit evaziga xarid qilgan avtomobillarini garov sifatida qo‘yib, depozit garoviga qo‘yilgan summadan bir qismini asosiy qarzni kamaytirishga yo‘llashlari mumkin.

Kredit summasidan 30 foizi miqdorida depozit garovi qo‘ygan mijozlar uchun kredit evaziga olingan avtomobilni garov sifatida qo‘yilgan taqdirda depozit garovi 10 foizga tushiriladi va 20 foizni tashkil etadi. Avtokredit summasidan 25 foizi miqdorida depozit garoviga qo‘ygan mijozlar uchun 15 foizga tushiriladi va 20 foizni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring