Andijonda taqiqlangan gaz baloni portladi
Joriy yilning 25 fevral kuni soat 09:45 larda Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Xidirsha MFY hududida joylashgan «Xolis tafakkur» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchasida «Shukurullo vodiy trans» MChJga tegishli bo‘lgan «Neksiya» rusumli transport vositasi gaz balonida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Avtomashinaga metallo kompozitli (skoch) gaz balonining kompozit qismi shilib olinib o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Portlash natijasida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan. «Shukurullo vodiy trans» MChJga tegishli bo‘lgan «Neksiya» rusumli hamda fuqaro N.O‘.ga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.
Barcha haydovchilardan taqiqlangan gaz balonlarni transport vositalariga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olmasliklarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter