Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AI-80 markali benzin narxi oshishda davom etmoqda

AI-80 markali benzin narxi oshishda davom etmoqda

Foto: Xabar.uz

Respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tgan hafta davomida savdoga chiqarilgan AI-80 markali benzinning narxi 4,4 foizgacha oshdi.

O‘tgan haftada AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi bir tonna uchun 5 325,1 ming so‘mdan 5 557,1 ming so‘mgacha yoki 4,4% ga ko‘tarilgan.

Qayd etilishicha, ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 476,8 ming so‘mni, AI-91 – 6 203,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Birja xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida birja savdolariga 24 338,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, ya’ni 83,3% sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 xaridor ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, AI-80 rusumli benzin bir oycha avval 4100 so‘mdan 4500 so‘mgacha narxda sotilayotgan edi. Keyinchalik uning narxi 4500 so‘mdan 4800 so‘mgacha ko‘tarilgandi. Hozirda Toshkentdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzining bir litri o‘rtacha 4600 so‘mdan 5000 so‘mgacha sotilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring