AI-80 benzinni taqiqlash, avtomobillarga cheklov, qurilishga moratoriy... — vazirlik takliflarini berdi
Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishiga ta’sir etayotgan omillarni sanab o‘tgandi.
Vazirlik ushbu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi takliflarni berdi:
– (AI-80 rusumli benzin) foydalanishni taqiqlash;
— Toshkent shahri hududida kunning tig‘iz vaqtlarida (ertalabki soat 07:00 dan10:00 ga qadar va 17:00 dan 20:00 ga qadar) yuk tashish uchun mo‘ljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalarini harakatini cheklash;
— 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash, avtotransport vositalari egalariga zamonaviy avtotransport vositalariga o‘tish uchun (elektro-mobil) imtiyozlar, pereferensiyalar va subsidiyalar berishni yo‘lga qo‘yish;
— avtomobillar harakatini maqbullashtirish uchun avtomobillarni «toq va juft» kunlarda boshqarish qoidasini joriy etish;
— shaharning diqqatga sazovor markaziy ko‘chalarida avtotransport vositalaridan xoli hududlarni tashkil qilish;
— jamoat transportini to‘liq elektr, gaz-ballon yoqilg‘isi va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish;
— barcha turdagi qurilish obektlarini (ijtimoiy va davlat ahamiyatiga oid ob’yektlar bundan mustasno) qurishga moratoriy e’lon qilish;
— Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash tumanlarida sanoat maqsadlarida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishni taqiqlash;
— mikroiqlim mo‘’tadilligini ta’minlash, atmosfera havosi sifatiga ijobiy ta’sir etish maqsadida sun’iy suv havzalarini barpo etish;
— Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Issiqlik markazlarida zaxira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalanishni keskin taqiqlash;
— ilmiy va puxta ishlangan xulosalar asosida shamol tezligini pasaytirish, tuproq zarralari ko‘chishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri atrofida «yashil belbog‘»lar barpo etish;
— atmosfera havosining sifat ko‘rsatkichini doimiy e’lon qilib boradigan tablo va monitorlar o‘rnatish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter