Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbat Namanganga! Gullar shahrida aholi uchun oylik yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yildi

Navbat Namanganga! Gullar shahrida aholi uchun oylik yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yildi

Foto: Namangan viloyat hokimligi

Namangan shahar hokimining 2018-yil 18-yanvardagi 54-sonli qaroriga asosan, 2018-yil 1-fevraldan boshlab shahar yo‘nalishlarida qatnovchi avtobuslarda «YaGONA», «TALABA», «O‘QUVChI», «NAFAQA OLUVChI VA NOGIRON» turlaridagi imtiyozli, arzonlashtirilgan oylik yo‘l pattalari amal qiladi.

Imtiyozli oylik yo‘l pattalarining narxlari yo‘lkira tarifi 600 (olti yuz) so‘m bo‘lganda quyidagicha:

«YaGONA» turdagi pattalar 23 foiz chegirma bilan sotiladi, narxi — 48 ming so‘m;

«TALABA» turdagi pattalar — 50 foiz imtiyoz bilan sotiladi, narxi 24 ming so‘m;

«O‘QUVChI» turdagi pattalar — 50 foiz imtiyoz bilan sotiladi, narxi 24 ming so‘m;

«NAFAQA OLUVChI VA NOGIRON» turdagi pattalar — 50 foiz imtiyoz bilan sotiladi, narxi 24 ming so‘m.

Oylik yo‘l pattalari 2018ғyilning 25-fevral kunidan boshlab Namangan shahrining «Chorsu», «Sardoba» va 1-kichik tuman «Avtosaltanat» hududida (har oyning 25-sanasidan keyingi oyning 5-sanasigacha), ertalab soat 9:00 dan 17:00 gacha sotiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring