2021 yil yakunlari: MDH avtosanoati o‘zini qanday namoyon etdi?
Yarimo‘tkazgichlar taqchilligi va global logistik inqiroz so‘nggi yillarda avtosanoatga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Biroq mamlakatlar qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qilishmoqda, xususan, MDH tarkibidagi davlatlar ham. Xo‘sh, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar avtosanoati uchun 2021 yil yakunlari qanday bo‘ldi?
Rossiya
O‘tgan yili Rossiya Federatsiyasida 1,5 mln.dan ko‘p avtomobil ishlab chiqarildi, bu 2020 yil ko‘rsatkichidan 10% yuqori. Xususan, yengil avtomobillar segmentida ishlab chiqarish o‘sishi taxminan 8%ni tashkil etdi. Yengil avtomobil ishlab chiqarish 2021 yilda 1,34 mln.taga yetdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 1,24 mln.ga teng bo‘lgan.
Agar muayyan zavodlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Rossiya va Sharqiy Yevropada eng yirik yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi AvtoVAZ 2021 yilda 343 512ta avtomobil ishlab chiqardi.
O‘zbekiston
2021 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston avtosanoati avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarishda mos ravishda – 159% va 107%, yengil avtomobil ishlab chiqarishda – 87% o‘sishga erishdi.
Jami bir yil ichida UzAuto Motors korxonasi 235 750ta avtomobil ishlab chiqardi, Rossiyaning bu eng yirik AvtoVAZ zavodidan 31%ga kam.
Avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi mos ravishda 1002ta (o‘sish sur’atlari 159 %) va 4462ta birlikni tashkil etdi (o‘sish sur’atlari 107%).
Qozog‘iston
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida Qozog‘istonda (https://akab.kz/avtoprom-rk-itogi-devyati-mesyaczev-2021-goda/ ) 63 559ta barcha turdagi transport vositasi ishlab chiqarildi. Asosiy hajmni yengil avtomobillar ta’minlashda davom etmoqda – 55 016ta birlik. Barcha ishlab chiqarilgan avtomotransport vositalarining yarmidan ko‘pi «SariarkaAvtoProm» ulushiga to‘g‘ri keladi.
Belarus
O‘tgan oyning 9 davomida Belarusda 21 633 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan, bu 2020 yilning xuddi shu davriga nisbatan 147,5%ni tashkil etadi. Jami yil davomida 30 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Ozarboyjon
Ozarboyjonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2021 yilda 2043ta birlikni tashkil etdi. Bu yerda Neftechala, Ganja va Naxichevonda uchta avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod faoliyat olib boradi. Biroq hozirgi paytda faqat Neftechalada avtomobil ishlab chiqarilmoqda.
Statistikadan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda ikkinchi o‘rinni egallamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter