2010-yilgacha olingan «prava»ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati — 31-mart
Adliya vazirligi matbuot kotibi eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati haqida ma’lumot berdi.
«Prava»larni yangilariga almashtirish muddatlari:
- 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martgacha;
- 2010–2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyungacha;
- 2013–2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentyabrgacha;
- 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter