Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Хушнудбек Худойбердиев

Yaqin qarindoshlarning ishonchnomasiz avtomashina boshqarishiga qachondan ruxsat beriladi?

Yaqin qarindoshlarning ishonchnomasiz avtomashina boshqarishiga qachondan ruxsat beriladi?

Foto: «Xabar.uz»

Yodingizda bo‘lsa, 10 kuncha oldin endilikda yaqin qarindoshlar ishonchnomasiz avtomashina boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Ya’ni agar transport vositasi egasining sug‘urta polisida yaqin qarindoshlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda ular transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqara oladi.

Xuddi shu o‘zgarishni belgilab bergan Hukumat qarori (18.11.2019/915-son) bilan yangi sug‘urta polisi blankasi namunasi tasdiqlangandi.

Ya’ni, mantiqan olganda, eski namunadagi sug‘urta polislari blanki bilan ishonchnomasiz yurib bo‘lmaydi, sababi ularda qarindoshlik darajasini ko‘rsatuvchi bandlar yo‘q.

Endi bir muammo kelib chiqyapti. Olingan uzunquloq ma’lumotlarga qaraganda, yangi ko‘rinishdagi sug‘urta polislari blanklari 2020 yil mart oyiga borganda amalga kiritilar emish. Ungacha moliya vazirligi yangi blanklar chop etishga pul ajratmas ekan (sug‘urta kompaniyasidagilar mijozga shunaqa deyishibdi negadir, hayronman).

Hozirda sug‘urta kompaniyalariga borib, yaqin qarindorshlarini ko‘rsatishni so‘rayotgan fuqarolarga rad javoblari berilmoqda. Chunki yangi blank yo‘q...

Yo‘l-patrul inspektorlari esa haydovchilardan yoki yangi blankdagi sug‘urta polisini, yoki ishonchnomani so‘rashmoqda.

Hurmatli bilimdonlar, diqqat savol:

2020 yil mart oyigacha yaqin qarindoshlar ishonchnomasiz harakatlana oladimi yoki yo‘qmi? Yangi ko‘rinishdagi blanklar hali tayyor bo‘lmasa, unda Hukumat qarori bilan o‘zgarish kiritilganining mazmuni qayerda qoladi? Hammayoqda jar solib, «yengillik bo‘ldi» deb xabar berib qo‘ydikku axir. Amalda ham o‘zgarish bo‘ladimi?

Ushbu savolga kim birinchi bo‘lib javob berarkin: ichki ishlar vazirligimi, moliya vazirligimi yoki adliya?

Balki kuni kecha IIV YHXBB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Olim Saidov ushbu chigal vaziyatga oydinlik kiritish uchun jonbozlik ko‘rsatar?

Mas’ullardan ijobiy javob kutib qolamiz.

Комментарии

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети