Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Хушнудбек Худойбердиев

Abituriyentlar DTM binosi oldiga to‘planishdi (video)

Abituriyentlar DTM binosi oldiga to‘planishdi (video)

Videolavhadan skrinshot

Qo‘lida harbiy tavsiyanomasi bo‘la turib, lekin imtiyoz qo‘llanmagan bir guruh abituriyentlar DTM oldiga yig‘ilishibdi. Ularni tushunsa bo‘ladi, ular qonunlarda yozib qo‘yilgan o‘z haqqini talab qilishmoqda. Hukumatdan qarz so‘ramayapti, yo‘q narsani osmondan talab qilmayapti, bizga rahm qilib istisno tarzda yordam beringlar demayapti. Shunchaki marhamat qilib qonunlarni boricha ishlatib qo‘yinglar deyapti. Va ular 100% haq.

Bu yerda muammo kimda, qaysi tashkilot xato qilgan, abituriyentlarga qiziq emas.

Nega abituriyentlar shuncha joydan kelib, DTM oldiga yig‘ilishdi? Karantin paytida zarilmidi? Ularni to‘plangani uchun ayblay olamizmi?

Sababi oddiy – muammo ko‘tarilganiga shuncha kun o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, rasmiylardan aniq va jo‘yali javob berilmadi. DTM o‘z bayonotlarida muammo boshqa vazirliklarda dedi xolos. Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boshqa harbiylashgan tashkilotlar esa bu bo‘yicha hech qanday rasmiy izoh bermadi. Birorta mas’ul chiqib, ushbu vaziyat yuzasidan aniq va konkret gap aytmadi. Mavhumlik, mavhumlik va yana mavhumlik...

Tayinli javob ololmagan fuqarolar nima qiladi? Sabr-kosasi to‘ladida, ko‘chaga chiqadi, kerakli joyga to‘planib boradi. Demak, muammo kimda? Ha, barakalla - ta’limga mas’ul bo‘lgan davlat tashkilotlarida!

Davlat qabul komissiyasi tezroq bu masalani hal qilishi kerak.

P.S.: tovuq tuxum qo‘yganday imtiyozlarni qatorlashtirib tashladik, ana endi har biri uchun yaxshigina boshog‘riqni qabul qilyapmiz. Bundan Hukumat tezroq to‘g‘ri saboq chiqarishi kerak.

Комментарии

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети