Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Шуҳрат Нормуродов

Sobiq «obkom»ning o‘g‘li, Qashqadaryoning erka «shahzoda»si Davron G‘oyipovni eslab...

Sobiq «obkom»ning o‘g‘li, Qashqadaryoning erka «shahzoda»si Davron G‘oyipovni eslab...

Ko‘p qoldi dilda armonim,

Dardim ko‘p yo‘qdir darmonim,

Ta’rif aylay dostonim,

Qurigan bog‘-u bustonim,

Yetib keldi zimistonim,

Xazon bo‘lgan bahor onim,

Yiqildi taxt-u somonim,

O‘tdi besh kunlik davronim.

Ha, hech kimga vafo qilmagan besh kunlik davru davron haqidagi nolalarni ijro etgan Davron G‘oyipov endi oramizda yo‘q. U o‘z vaqtida sobiq «obkom»ning o‘g‘li, Qashqadaryoning erka «shahzoda»si bo‘lgan bo‘lsa, asli ijodda o‘zbek rokerlarining qiroli, sobiq ittifoqning yorqin yulduzi edi.

Bugun uning ijod yo‘li haqida o‘ylarkanman, beixtiyor olis o‘tmishdagi «gullagan» ijodiy davrlari yodga tushadi. Esimda, o‘sha paytlar har bir ovoz yozish joylarida uning qo‘shiqlari yangrar, audiokasettalariga buyurtmalar navbatma-navbat bo‘lar edi.

O‘zbek to‘ylari uning «Ey Sanam», «Qaytma» kabi qo‘shiqlarisiz o‘tmasdi. Hashamatli restoranlarda «elita davralar» ham uning xit qo‘shiqlarini buyurtma qilar edi. Lekin u hecham televideniyeda ko‘rinish bermas, uning tashqi ko‘rinishi bilan esa, audiokassetalar g‘ilofidagi rasmlar orqali tanishgan edik. Uning ko‘rinishi ijodiga mutanosib, tasavvurda qanaqadir mavhum, sirli tuyular, rasmlarda u kosmonavtlar libosida, imidji ham o‘ta zamonaviy edi. Ijodi ham, ko‘rinishi ham guyoki o‘zga olam vakillariga o‘xshardi.

Hali o‘zbek san’atida qo‘lda tor olib, qo‘shiq kuylash urfda bo‘lgan paytlar, barchani hayratga solib, yangi rok yo‘nalishida ijod qilish, unga katta mashhurlik olib kelgan edi. Uning qo‘shiqlaridagi jonli chalingan gitara, bass, garmoniya, nolalar, hammasi original, hammasi o‘ziga xos edi. O‘sha paytlar uning konsertlari anshlag bo‘lar, professional ijro, jonli vokal va sahnadagi raqslar hammasi betarkor edi.

Shunaqa mo‘jizakor ijodi bilan Davron G‘oyipovning «Original»i, o‘zining qo‘shiqlari bilan butun sobiq SSSRni, hatto o‘sha davrlar jahon yulduzi bo‘lgan Alla Pugachyovaning e’tirofiga sazovor bo‘lgandi.

O‘shanda qarshilik «shahzoda» yaratgan qo‘shiqlar sabab, «Primadonna» Alla shaxsan o‘zi uning oldiga tashrif aylagan ekan.

Axir o‘sha davrlarda «Ko‘zlaring», «Kerak emas», «Shoshmagin» kabi shedevr qo‘shiqlarni ijod qilishning o‘zi mo‘’jiza edi-da. Hatto texnika rivojlangan ayni vaqt ham bu kabi qo‘shiqlarni ijro etish imkonsizdek. Uning bugun retroga aylangan mo‘’jizali asarlari, go‘yo o‘z zamonidan ilgarilab yaratilgandek, keyingi avlod uchun ham atalgandek. Afsus, u endi oramizda yo‘q, lekin kelajak avlod qalbida, u sehrli nolalari bilan toabad yashab qolaveradi.

Shuhrat Normurodov

Комментарии

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети