Yangi alifbo loyihasi, xususan C harfi haqida
Kuni kecha Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning yakuniy xulosasi e’lon qilindi.
Bu ishchi guruh xulosasi, xolos. U hali Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ushbu xulosaga olib kelgan muhokamalarda ishtirok etgan va xulosaga imzo chekkan inson sifatida o‘z mulohazalarimni bildiraman.
To‘rtta qo‘sh harf masalasi hammaga ayon, bu borada ortiqcha gapirib o‘tirmayman.
«ng» harf birikmasining alifbodan chiqarib tashlanishi haqida shuni aytishim mumkinki, biz bu bilan burun tovushi «ng» dan voz kechayotganimiz yo‘q. Tovush bor, uni maktabdan o‘rgatilsa, kifoya. Bunda «o‘rni kelganda bitta tovush (singil, ko‘ngil), o‘rni kelganda ikkita – n+g harflari (changak, unga) sifatida qabul qilinadi» degan qoida kifoya. Ingliz tilida bir harfning o‘rniga qarab bir necha tovush bildirishini eslang.
«ng»ni alifbodan harf o‘laroq chiqarib tashlanishiga sabab esa qo‘shharflardan umuman voz kechish prinsipidir. Axir, biz alifbo isohotini aynan shu qo‘shharflarga barham berish uchun qilyapmiz-ku. Qolaversa, «ng»ni bir harf deb qabul qilish natijasida bo‘g‘in ko‘chirishda ham chalkashliklar ko‘payib ketdi va bu savodxonlik masalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
S ni saqlab qolish va unga lotin grafikasida S harfini berish masalasi jiddiy muhokama bo‘ldi. Ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida (rektor Shuhrat Sirojiddinov kabinetidagi yig‘ilish) S ni saqlab qolish haqidagi taklifimni Nizomiddin Mahmudov domla qattiq qayirib tashladilar. Oktyabrdagi imlo konferensiyasida S harfini J uchun olib, ikkita J qilish masalasi ko‘tarildi, S ni S o‘rniga olish yana qattiq rad etildi. Aytish lozimki, o‘sha konferensiyada asosan katta avlod tilshunoslar fikri e’tiborga olindi.
Keyinchalik matn, tarjima, elektron tarjima va matnlarni alifbodan alifboga konvertatsiya qilish bilan faol shug‘ullanadigan yosh mutaxassislar ham ishchi guruhga jalb qilingach, S harfi S o‘rniga olinadigan bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, bu o‘risparastlik, Rossiya ta’siri degan siyosiy motivlar emas, aynan amaliyotchi mutaxassislarning asosli fikrlari va takliflari ortidan qabul qilingan qarordir.
Bizning milliy talaffuz va transliteratsiya qoidalarimiz hamda prinsiplarimiz yo‘q. Bunday sharoitda S ni S deb berdik nima-yu, umuman alifboda aks ettirmay, uni S ga yuklab qo‘ydik nima? Bu bilan tilimiz milliylashib qolmaydi. Tovushlarni saqlab qolish, tilimizni asrash uchun alifbo emas, folklor va shevalarga ko‘proq murojaat qilish hamda milliy transliteratsiya va talaffuz qoidalarini ishlab chiqish masalalariga ko‘proq e’tibor berganimiz durust.
S ni S o‘rniga kiritish ko‘proq texnik muammolarga bog‘liq. Avvalo, kirilldan lotinga matnlarni avtomat o‘girishni osonlashtirish uchun shunday qilinyapti. Biz S ni qabul qilib bo‘lganmiz, tarixiy vaziyat shunday, xuddi familiyalarimizdagi -yev qo‘shimchasi kabi. Minglab terminlar, ismlar, joy nomlari bor. Ularni yoppasiga S orqali bera olmas ekanmiz, chalkashliklar ko‘p bo‘larkan.
Masalan, hozirgi alifboda «s» ga alohida harf bilan berilmagan. Biz «s» ni o‘rniga qarab «ts» yoki «s» bilan ifodalaymiz. To‘g‘ri, «s» turkiy tillar uchun yot tovush. Ammo til taraqqiyoti natijasida bu tovush ishtirokidagi internatsional so‘zlar, terminlar tilimizga ko‘p kirib kelgan. Ko‘pchilik «s»ni hamma o‘rinda «s» deb talaffuz etish va yozishni taklif qilyapti. Lekin shunday atamalar borki, «s» bilan yozilganda omonim bo‘lib qoladi: sanga – sanga, seriy – seriy, sokol – sokol va hokazo. Bu aynan shunday matnlarni ko‘p yozadigan mutaxassislar, abituriyentlar va talabalar tomonidan ma’qullanmayapti.
Hozirgi o‘zgarishlar mavjud imlo qoidalarimizga jiddiy ta’sir o‘tkazmasligi, ularni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlamasligi, shu sababli savodxonlik masalasiga ham salbiy ta’sir qilmasligi bilan ham e’tiborli.
Bu funksional qaror, siyosiy emas.
Bor gap shu. S ni siyosiylashtirmaslik kerak.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter