Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilzilaning 10-kunidagi mo‘jiza (video)

Zilzilaning 10-kunidagi mo‘jiza (video)

Videodan skrinshot

Qahramonmarash (Turkiya)da vayronkor zilziladan so‘ng, 10-kun 42 yoshli ayol qutqarildi.

Ayol tirikligi aniqlanganidan keyin, u qolib ketgan joygacha tunnel qazilgandi. 222 soatlik urinishlardan so‘ng, vayronalar orasida yotgan Malika Imomo‘g‘lu qutqaruvchilar tomonidan yorug‘likka olib chiqildi. Va darhol shifoxonaga yetkazildi.

Malika Imomo‘g‘lu rekord uzoq vaqtda qutqarilgan insonga aylandi.

Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring