Afg‘oniston ichki ishlar vazirligiga hujum qilgan xudkushlar yo‘q qilindi
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi ichki ishlar vazirligi binosiga yuniforma kiyib olib kirmoqchi bo‘lgan xudkushlar yo‘q qilindi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Xudkushlardan biri vazirlik binosiga kiraverishda o‘zini portlatib yuborgan. Portlash ortidan boshqa jangarilar ham binoga kirmoqchi bo‘lgan. Ular bilan binoni qo‘riqlayotgan politsiya xodimlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. To‘qnashuvda barcha – 7 nafar xudkush yo‘q qilindi. Ularning ayrimlari Amerika harbiylarining formalarini kiyib olgan edi.
IShID zimmasiga olgan voqeada bir afg‘on harbiy halok bo‘ldi.
Yil boshidan beri IShID va «Tolibon» uyushtirayotgan qo‘poruvchilik oqibatida yuzlab kishilar halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter