Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yolg‘on kovid-xabar uchun $266,5 minggacha jarima yoki 5 yilgacha qamoq

Yolg‘on kovid-xabar uchun $266,5 minggacha jarima yoki 5 yilgacha qamoq

Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi haqida feyk (yolg‘on xabar) tarqatganlar 266,5 ming AQSh dollarigacha miqdorda jarimaga tortilishi yoki besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda TASS Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.

«Kimki koronavirus pandemiyasi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatsa yoki boshqalarga shunday xabarni ulashsa, shuningdek, vahima tug‘diruvchi yoki tegishli (sanitariya) choralarni buzishga (podshohlik aholisini) undovchi feyklarni  e’lon qilsa 100 ming rialdan 1 million rialgacha ($26,6 mingdan $266,5 minggacha) jarimaga yoki bir yildan besh yilgacha qamoq jazosiga tortiladi. Har ikki jazo chorasi bir paytning o‘zida qo‘llanilishi ham mumkin», — deyiladi Ichki ishlar vazirligining «Twitter»dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda. Qo‘shimcha qilinishicha, takror qoidabuzarlik uchun jazo chorasi ikki karra kuchaytiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 34,2 mln. aholi yashovchi Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi davrida virusni yuqtirish bo‘yicha 638 327 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 8 914 nafari vafot etgan, sog‘ayganlar — 584 050 kishi.

Podshohlik aholisi koronavirusga qarshi vaksinaning 54 596 890 dozasi bilan emlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring