Yaponiyada kassir yigit 1,3 mingta bank kartasini yodlab olgan
![Yaponiyada kassir yigit 1,3 mingta bank kartasini yodlab olgan](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3772996524.jpg)
Yaponiya poytaxtidagi do‘konlardan birida ishlovchi kassir qariyb 1,3 mingta xaridoriga tegishli bank karta raqamlarini yodlab olgan. U bulardan Internet orqali xarid qilishda foydalangan.
Bu haqda «Gizmodo» nashri xabar tarqatgan. Yusuke Taniguchi — 34 yoshli kassir fotografik xotira sohibi. Yaqingacha u Tokio savdo markazi do‘konlaridan birida ishlagan. U juda ko‘p xaridorlarining bank kartalarini — kredit raqami, mijozlarining ismi, shuningdek, karta orqasidagi kod va amal qilish muddatlarini eslab qolishga uringan. Qo‘lga kiritgan ma’lumotlar orqali esa internet-do‘konlardan xaridlarni amalga oshirgan. Orttirgan buyumlarini lombardga topshirib, ehtiyojlari uchun pul ishlagan.
Kuchli xotira sohibi politsiyadan uzoq yashirinib yura olmadi. Huquq-tartibot organlari xodimlari uy manziliga buyurtma bergach uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Taniguchi 2,5 ming dollarga bir nechta sumka sotib olgan. Qidiruv paytida politsiya uning uyidan bloknot va noutbuk topishdi. Kassir unga bank kartalari ma’lumotlarini yozib qo‘ygan. Sumkagacha jinoyatchi o‘ta ehtiyotkorlik bilan pul sarflagan, faqat mayda xaridlar bilan cheklangan. Endi u bu firibgarligi uchun qamalishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter