Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya bosh vaziri keyingi muddat uchun saylovda nomzodini ko‘rsatmaydi

Yaponiya bosh vaziri keyingi muddat uchun saylovda nomzodini ko‘rsatmaydi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida kelasi oy o‘z lavozimini tark etishini aytdi. U sentyabr oyida hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) yetakchisi sifatida ikkinchi muddat uchun saylovlarda nomzodini ilgari surmaydi.

«Siyosat jamoatchilik ishonchisiz faoliyat yurita olmaydi. Men bu og‘ir qarorni jamoatchilikni o‘ylab, siyosiy islohotlarni olg‘a siljitish uchun kuchli iroda bilan qabul qildim», – dedi Kishida. 

Qayd etilishicha, bosh vazirni jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash uzoq vaqtdan beri pasayib bormoqda, bu esa partiya ichidagi qator siyosiy mojarolar bilan bog‘liq.

NHK telekanalining ma’lum qilishicha, mamlakat sobiq mudofaa vaziri Shigeru Ishiba Kishidaning o‘rnini egallovchi nomzod sifatida, agar u yetarlicha qo‘llab-quvvatlansa, «o‘z burchini ado etishini» aytganini xabar qildi.

Shuningdek, nomzodlar orasida tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava, raqamli texnologiyalar vaziri Taro Kono va sobiq atrof-muhit vaziri Shinjiro Koidzumilar ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring