Yangi Zelandiyada vulqon otilishidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi
Yangi Zelandiyada 9-dekabr kuni vulqon otilishi ro‘y bergandi. Bu payt orol va uning atrofida 47 nafar sayyoh bo‘lgan. 23-dekabr holatiga ko‘ra, vulqon otilishidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi, deb yozmoqda Xinhua.
Vulqon otilishidan keyin dastlab 9 nafar inson halok bo‘lgani aytilgandi. Keyinchalik bir kishi kasalxonada olamdan o‘tdi. 13-dekabr kuni tashkil etilgan qidiruv operatsiyasi davomida yana 6 kishining jasadi topildi.
Mahalliy radioning xabariga ko‘ra, kasalxonada jabrlanganlardan yana bir nechtasi vafot etgan. Ayni paytda kasalxonada 14 nafar jabrlanuvchi bor, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir.
Ma’lumot o‘rnida, Uayt-Aylend Yangi Zelandiyadagi yagona faol vulqon oroli hisoblanadi va sayyohlar tashrifi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter