Yamanda uch ming yillik mumiyo topildi
Yaman poytaxti Sana shahri yaqinida yoshi taxminan 3 ming yilga teng qadimgi manzilgoh va mumiyolar topildi, deya xabar berdi «SABA» agentligi hukumat madaniyat vaziri Abdulla Ahmad al-Kabsiga tayanib.
Al-Kabsining so‘zlariga ko‘ra, arxeologik qazish ishlari chog‘ida Sana tevarak-atrofida ikkita topilma kashf etildi — qadimgi manzilgoh va qoyalarga o‘yilgan qabrlar: ular ichida tosh asri oxiri va bronza asriga mansub 3 ming yillik mumiyolar mavjud.
Topilgan qadimgi manzilgoh bronza asri oxiriga oid toshlardan barpo etilgan uylardan iborat. Mumiyoga to‘xtaladigan bo‘lsak, al-Kabsining ta’kidlashicha, ular manzilgoh atrofidan topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter