Xitoyda nufuzli siyosatchi o‘limga hukm qilindi
Xitoyning sobiq adliya vaziri, o‘z vaqtida mamlakatning nufuzli siyosatchilaridan biri bo‘lgan Fu Chjenxua o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Sud hukmida aytilishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib 16,5 mln dollar atrofida pora olgan, bundan tashqari, bir qator jinoyatlarni sodir etgan ukasini jazodan saqlab qolish uchun dalillarni yo‘q qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, mahkumga ikki yil muddat beriladi, agar bu muddat davomida o‘zini yaxshi tutsa, o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Bunda qamoq muddati qisqartirilmaydi, afv etilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter