Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda bolalarning telefon va internetdan foydalanishi cheklanishi mumkin

Xitoyda bolalarning telefon va internetdan foydalanishi cheklanishi mumkin

Xitoyning Kibermakon boshqarmasi voyaga yetmaganlar uchun mobil qurilmalar va internetdan foydalanish bo‘yicha yangi qoidalar loyihasini taqdim etdi. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, o‘smirlar kuniga ko‘pi bilan 2 soat smartfondan foydalanish bilan cheklanadi, deya xabar bermoqda «Rozetked» portali Xitoy departamenti hujjatiga tayanib.

Loyihaga ko‘ra, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 40 daqiqagacha, 8-11 yoshgacha bo‘lganlar kuniga 1 soat, 16-17 yoshdagi o‘smirlar esa 2 soatgacha telefondan foydalanishiga ruxsat etiladi.

Shuningdek, 18 yoshga to‘lmaganlarga soat 22:00 dan 06:00 gacha mobil internetdan foydalanish taqiqlanadi. Ta’lim dasturlari, shaxsiy xavfsizlik xizmatlari, favqulodda qo‘ng‘iroqlar va sertifikatlangan aqliy va jismoniy rivojlanish dasturlari bundan mustasno.

Loyiha Xitoyning onlayn o‘yinlarning bolalar va o‘smirlarga ta’sirini cheklash siyosatining davomi hisoblanadi. Rasmiylar bu loyihani 2023 yil sentyabrigacha muhokama qiladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Xitoy voyaga yetmagan bolalar o‘yin platformalaridan faqatgina juma va dam olish kunlari 20:00 dan 21:00 gacha foydalanishi mumkinligi haqidagi qoidani joriy qilgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring