Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlagan ayol o‘limga hukm qilindi

Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlagan ayol o‘limga hukm qilindi

Illyustrativ foto

Xitoy Xalq sudi 17 nafar bolani o‘g‘irlab sotishda ayblangan ayolni o‘limga hukm qildi. Bu haqda NetEase yangiliklar agentligi xabar berdi.

O‘limga hukm qilingan Yuy Xuayin Guychjou provinsiyasida voyaga yetmaganlarni o‘g‘irlash va sotishda bosh aybdor deb topilgan. Sudda ma’lum qilinishicha, ayolning jinoiy xatti-harakatlari oqibatida 12 oila barbod bo‘lgan. Bolalari o‘g‘irlangan ayrim ota-onalar qattiq qayg‘uga botib vafot etgan.

Jinoiy zanjirga asos solgan ayol bir necha yil davomida bolalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan. O‘g‘irlangan bolalar, ularning biologik ota-onalari, bu bolalarni sotib olgan oilalarning DNK-testlari solishtirilib, Yuy Xuayinning aybi bo‘yniga qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring